HitParad
AbroBey – Samimiy
Трек

AbroBey – Samimiy

О треке:
Длительность: 02:56Формат: MP3Качество: 320 kb/sРазмер: 6.7 MB
Текст песни
(AbroBey)
Bilmaydi, negadir hech seni tushunmaydi
Hech kim o'zingday bo'lmaydi
Ishonganlaring aldaydi
Orzularing anglolmaydi

Soxta odam do'st bo'lmaydi
Sen uchun bittasi yonmaydi
Dil odamgarchilik tanlaydi
Pul ojiz joyingdan ushlaydi

Men bo'ldim samimiy
Foydalanib aldar, mayli
Xiyonatni bilib bo'lsaydi
Bo'lmasdim sarson, daydi

Ko'p ko'rdim — hammasi soxta
Hammasi yolg'onchi
Men uchun ishonch — uzoqda
Ishonchim o'ljaday ovlagan ko'p ovchi

Foyda ko'zlagan har uslubda
Foydang tegmasa, kulgu qulfda
Munosabatlar bir zumda to'xtar
Foyda yo'q joyda odamni axtar

Ko'nikib bo'ldik shunga, odamzod
Manfaat ko'zlab yashab umrbod
Faqat hasaddan berarlar saboq
Soxta bu hayot, topmadim najot

Tushunmadim, ko'p urinib ko'rdim
Tusholmadim bu pastlik tubiga
Yasholmaydi yolg'onsiz
Bir-birini aldaydi to'xtovsiz
Bir kuni o'tmaydi bo'htonsiz
Uyatsiz, orsiz yashab ne kerak
Tushunolmadim!
Yashab na kerak, tushunolmadim!

Men bo'ldim samimiy
Foydalanib aldar, mayli
Xiyonatni bilib bo'lsaydi
Bo'lmasdim men sarson, daydi

Ko'p ko'rdim — hammasi soxta
Hammasi yolg'onchi
Men uchun ishonch — uzoqda
Ishonchim o'ljaday ovlagan ko'p ovchi

Bilmaydi, negadir hech seni tushunmaydi
Hech kim o'zingday bo'lmaydi
Ishonganlaring aldaydi
Orzularing anglolmaydi

Soxta odam do'st bo'lmaydi
Sen uchun bittasi yonmaydi
Dil odamgarchilik tanlaydi
Pul ojiz joyingdan ushlaydi

Negadir hech seni tushunmaydi
Hech kim o'zingday bo'lmaydi
Chin dildan kulib yasholmaydi
Ko'z-ko'z qilmasdan ulasholmaydi
Bu soxtalar doim aldar
Qalbi to'la dard, nega yig'lolmaydi?
Sabab-besabab til sayraydi
Shu savollarim meni qiynaydi

Bilib qo'y: bugun har odam — har xil
Har tur haqiqat, qarab fikr qil
Yoqdimi nimadir, davom et bir xil
Eshitma gapirsa, majbur chaqirsin
Ortingdan yugursin, gapirsin, baqirsin
Sen bo'l samimiy, qil sabr, niqobi yechilsin
(AbroBey)
Треки исполнителя
Похожие треки